Mahsulot kafolati

Sizga mahsulot sotilganida yoki xizmat koʻrsatilganida qoʻlingizga mahsulotning tegishli hujjati va kassa cheki beriladi.

Kafolatli xizmat koʻrsatishlari uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Bizning doʻkonlarimizdan mahsulot sotib olganingizda unda zavoddan kamchiliklarsiz ishlab chiqarilgani haqida kafolat taloni beriladi. Bunday kafolat taloni ishlab chiqaruvchining servis koʻrsatish siyosatiga qarab 10 kundan 3 yilgacha muddatda amal qilishi mumkin. Kafolat muddati saytimizdagi har bir mahsulot tavsifida yozib qoʻyilgan.
Iltimos, mahsulotni qabul qilib olayotgan paytingizda uning hamma jihozlari mavjudligini va unda ishlab chiqarish kamchiliklari yoʻqligini tekshirib oling.
Kafolat boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan servis markazlari shugʻullanadi. Siz mahsulotni kafolat boʻyicha remontga yuborishingiz yoki servis markazi hisobidan ustalarni chaqirtirishingiz mumkin. Mavjud variantlar Sizga berilgan kafolat talonida mavjud.
Servis markazlari manzillari va telefon raqamlarini kafolat talonidan yoki servis markazlari roʻyxatidan topishingiz mumkin.
Agar sizning shahringizda mahsulotga xizmat koʻrsatuvchi servis markaz mavjud boʻlmasa, Siz kompaniyamizning mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.